Rossiyalik Yevrosiyo tillari tadqiqotchisi Vladimir Bershadskiy Obid Asomovning vafoti yuzasidan o‘z Facebook’ida hamdardlik postini e’lon qildi.
“Katta aktyorning katta teatri. Men chuqur qayg‘udaman! U ajoyib aktyor, askiya san’atining munosib davomchisi edi. Bor-yo‘g‘i 56 yoshda edi!!! Obid Asomovning chiqishlari rossiyaliklarda o‘zbeklarga nisbatan simpatiya uyg‘otardi, o‘zbek xalqining yuragini ochib ko‘rsatardi…” — deb yozdi u.
Bershadskiy marhum qiziqchining ism-sharifini mutaxassis sifatida tahlil qilib, ismining “otalarcha donishmandlik”, familiyasining esa “boy hosil” degan ma’nolarni kasb etishini ta’kidlagan.
“To‘g‘ri, uning sketchlari doim qalblarimizda boy hosil yig‘ib olardi, — deya o‘xshatish qildi tadqiqotchi. — Biz ushbu ajoyib odamni — chinakamiga ‘pok hazil bahodiri’ni unutmaymiz”.
Izoh (0)