Farg‘onada tadbirkor ayol 270 million so‘mlik kalish oyoq kiyimlarini olib, pullarini bermay ketdi. Bu haqda IIV xabarida aytiladi.
Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida 3-dekabr kuni O‘zbekiston tumanida yashovchi E.M. IIBga murojaat qilib, shu yil 10-noyabr kuni Uchko‘prik tumani hududida tanishi tadbirkor F.N.(ismli ayol) undan umumiy qiymati 270 million 808 ming so‘mlik kalish oyoq kiyimlarini olib, pulini 3 kun ichida olib kelishini aytib, aldov yo‘li bilan ishonchiga kirib, pullarini shu kunga qadar bermayotganligini ma’lum qilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida F.N. ushlangan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)