IIVning Samarqand viloyatidagi akademik litseyi iqtidorli o‘quvchilari o‘rtasida Konstitutsiyaning 26 yilligi bayrami munosabati bilan “Tafakkurimizni sinaymiz” ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Tanlovda “Jasorat”, “Qonun posbonlari” hamda “Qalqon” jamoalari 5 ta shartda bo‘yicha bellashdi.
Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi immunitetni shakllantirish, ularni ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk yetib tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan ko‘rik-tanlov yakuniga ko‘ra “Jasorat” jamoasi uchinchi, “Qalqon”jamoasi ikkinchi va “Qonun posbonlari”jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
— Bunday tanlovlar orqali eng iqtidorlilarini saralab olamiz. Oliy ta’lim muassasalariga professional kadr bo‘lib yetishadigan yoshlarni tayyorlab beramiz, — deydi viloyat IIB Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, leytenant Jahongir Sa’dullayev.
Tanlov g‘oliblariga Samarqand viloyat IIB rahbariyatining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Izoh (0)