“Temurbeklar maktabi”da Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan ilk bor asosiy dars jadvalidan tashqari “Prokuror soati” mashg‘uloti joriy etildi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent harbiy prokuraturasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan mazkur mashg‘ulotlar Farg‘ona, Samarqand hamda Xorazmdagi “Temurbeklar maktabi” tinglovchilari, shuningdek, Qurolli Kuchlari Akademiyasi kursantlar bilan ham joriy etilishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent harbiy okrugidagi harbiy qismlarda xizmat qilayotgan harbiylarning huquqiy savodxonligini yanada oshirish, xizmatning xavfsiz sharoitlarini ta’minlash, jinoyatchilikni oldini olish maqsadida xaftaning har payshanba kunlari Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Izoh (0)