IIV ning xabar berishicha, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida shu yil 8-dekabr kuni “Marokand” MFYda yashovchi, nafaqaxo‘r Q.S. uyida elektr chirog‘ini yoqqan vaqtida xonaga o‘rnatilgan isitish pechi quvuridan sizib chiqib, to‘planib qolgan tabiiy gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan. Natijada Q.S. kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Shuningdek, Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida joriy yilning 8-dekabr kuni “Pandigon” MFYda yashovchi T.N. uyi yotoqxonasida elektr chirog‘i o‘chib yonishi natijasida, xonada bo‘lgan isitish pechidan sizib chiqib to‘plangan tabiiy gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan.
Natijada T.N. va birga yashovchi 5 oylik qizi Sh.S. turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)