O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Achilboy Ramatov va Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Mamin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Tomonlar o‘tkazish punktlarini modernizatsiya qilish va qayta ta’mirdan chiqarish, shuningdek, o‘zbek-qozoq chegarasida transport to‘planishi muammosini muhokama qildi.
Uchrashuv davomida ushbu vaziyat regional bo‘linmalar rahbarlarining doimiy nazoratida bo‘lishi va yuzaga kelgan masalalarni tezkor choralar orqali hal etishga kelishib olindi.
Shuningdek, o‘zbek-qozoq davlat chegarasi o‘tkazish punktlarida yuk oqimini bir xil taqsimlash bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Bunda har bir tomon mas’ul vazirliklar, xo‘jalik birlashmalari va kompaniyalar bilan birgalikda ushbu masala yechimi ustida ish olib borishlari ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)