Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashovchi fuqaro B.S.ning Dilorom ismli tanishiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va bu ish bo‘yicha davlatga yetkazilgan zararni qoplash kerak bo‘lgan.
Shunda B.S.ga asli Sirdaryo viloyatida yashovchi D.A. uchragan. U Dilorom tomonidan davlatga yetkazilgan zararni o‘z firmasi orqali yopib berishini aytib, aldash yo‘li bilan B.S.dan 22 ming dollar olgan. Lekin va’dasini bajarmagan.
Bu voqea 2017-yil dekabrida oyida bo‘lgan. B.S. oradan bir yil o‘tib, 2018-yil 7-dekabr kuni Uchtepa tuman IIBga murojaat qilgan. Shundan so‘n ko‘rilgan choralar natijasida D.A. darhol ushlangan.
“Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi axborotida.
Izoh (0)