• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston dehqon va fermerlariga tabrik yo‘lladi

    O‘zbekistonda dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni sifatida bayram qilinadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston dehqon va fermerlariga tabrik yo‘lladi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi. Uning to‘liq matni quyida keltiriladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Qadrli vatandoshlar! Muhtaram dehqon va fermerlar! Avvalo, barchangizni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, eng ezgu va samimiy tilaklarimni bildirishga ruxsat etgaysiz.

    O‘z ishining mohir ustasi bo‘lgan siz, azizlarning fidokorona mehnatingiz samarasini har kuni o‘z dasturxonida ko‘radigan xalqimiz bu yilgi mavsum qanday og‘ir va murakkab kechganini yaxshi biladi. Haqiqatan ham, tabiat injiqliklari – bahorning quruq kelgani, kutilmagan jala va bo‘ronlar, yoz faslidagi kuchli suv tanqisligi, jazirama issiq, turli hasharot va kasalliklar ekin-tikinlarga katta xavf tug‘dirgani, kuzda esa yog‘in-sochinlarning barvaqt boshlangani mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi xodimlarini yana bir bor jiddiy sinovdan o‘tkazdi.

    Ana shunday qiyinchiliklarga qaramasdan, yurtimiz bo‘yicha 6 million 124 ming tonna g‘alla, 2 million 300 ming tonna paxta, 8 million 661 ming tonna sabzavot, 2 million 411 ming tonna kartoshka, 1 million 607 ming tonna poliz mahsulotlari, 2 million 100 ming tonnaga yaqin meva, 1 million 314 ming tonna uzum, 18 ming tonna pilla, 1 million 789 tonna go‘sht, 7 million 830 ming tonna sut tayyorlashga erishganingiz tahsinga loyiq. Muxtasar aytganda, jami bo‘lib 58 trillion 181 milliard so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirganingiz yil davomida qilgan mardona mehnatingiz mahsulidir.

    Joriy mavsum oxirlab, yil natijalari sarhisob qilinayotgan mana shu qutlug‘ ayyomda sizlarga, barcha qishloq ahliga ana shunday olijanob mehnatingiz uchun o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan katta rahmatlar aytib, chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman.

    Aziz do‘stlar!

    Sizlarga yaxshi ma’lumki, yurtimizda keyingi ikki yilda barcha sohalar qatori qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ham muhim dasturlar, “yo‘l xarita”lari ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan, dehqon va fermerlar, dala ishchilari mehnatini munosib qadrlash va rag‘batlantirish maqsadida davlat ehtiyoji uchun xarid qilinadigan paxta va g‘allani moliyalashtirish tartibi o‘zgartirilgani, O‘zbekiston tarixida birinchi marta fermerlar o‘z mablag‘larini mustaqil sarflash huquqiga ega bo‘lganini ta’kidlash lozim.

    Bu yilgi mavsumda g‘alla yetishtiradigan fermerlarga 1 trillion 33 milliard so‘m yoki o‘tgan yilga nisbatan 142 foiz, paxtachilik xo‘jaliklariga esa 5 trillion 138 milliard so‘m yoki o‘tgan yilga nisbatan 2,4 marta ko‘p imtiyozli kreditlar ajratilgani soha rivojiga yuksak e’tibor namunasidir.

    Ushbu tarmoqqa bozor mexanizmlari, xo‘jalik yuritishning agroklaster tizimi joriy etilayotgani, ilgari e’tiborimizdan chetda bo‘lib kelgan zamonaviy issiqxonalar, baliqchilik, asalarichilik, qizilmiya, za’faron, qalampir, sarimsoqpiyoz, to‘qsonbosti usulida sabzavot yetishtirish, parrandachilik, yilqichilik, tomorqa xo‘jaliklari kabi yo‘nalishlar jadal rivojlanayotgani tub tarkibiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Bularning barchasi qishloq xo‘jaligini mahalliy va chet ellik investorlar uchun tobora jozibali, istiqbolli tarmoqqa aylantirmoqda.

    Ayni vaqtda qishloqlarimiz qiyofasini tubdan yangilash, ularni obod qilish, qishloq ahli uchun zamonaviy sharoitlar yaratish bo‘yicha ham ko‘p ish qilinmoqda. Jumladan, arzon uy-joylar dasturi doirasida bu yil qishloqlarimizda 28 mingta uy-joy barpo etilib, o‘z egalariga topshirildi. Bunday uy-joylar uchun dastlabki to‘lov miqdori 25 foizdan 15 foizga, kam ta’minlangan oilalar uchun esa 10 foizga tushirildi.

    Bu yil “Obod qishloq” dasturi doirasida 159 ta tumandagi 416 ta qishloqda katta hajmdagi qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borildi. Natijada 2 millionga yaqin aholimiz uchun yangi uy-joylar, tabiiy gaz, elektr, ichimlik suvi tarmoqlari, ravon yo‘llar, maktab va bog‘chalar, shifo maskanlari, madaniyat va sport inshootlari, bir so‘z bilan aytganda, munosib hayot sharoitlari yaratilgani, hech shubhasiz, barchamizni xursand qiladi va kelgusida bu ishlarni yanada katta ko‘lam va keng miqyosda davom ettirishga ruhlantiradi.

    Qadrli yurtdoshlar!

    Hammamiz yaxshi tushunamizki, hozirgi paytda oldimizda hal qilishimiz lozim bo‘lgan g‘oyat muhim vazifalar turibdi. Avvalo, joriy mavsumning achchiq tajribasidan kelib chiqib, yuqori samara bermayotgan paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirishni izchil davom ettirish zarur.

    Paxta va g‘alladan bo‘shagan maydonlarda eksportbop, ichki va tashqi bozorda talab katta bo‘lgan ekinlar ekish, boshqacha aytganda, har bir xo‘jalik va tumanning ixtisoslashuvini qayta ko‘rib chiqib, tegishli qarorlar qabul qilishimiz, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari, tomorqa maydonlari samarasini oshirishga qaratilgan ishlarimizni kuchaytirishimiz kerak.

    Qishloq xo‘jaligida chidamli, ertapishar, serhosil ekin navlarini yaratish, chorvachilikda naslchilikni yaxshilash, eng katta boylik bo‘lgan yer va suv resurslaridan tejab-tergab foydalanish, urug‘chilikni rivojlantirish e’tiborimiz markazida turishi lozim.

    Kelgusi yilda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida Davlat byudjetidan qariyb 1,7 trillion so‘m, xalqaro moliya institutlarining 84 million dollar miqdoridagi mablag‘ini yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.

    Shuningdek, suv omborlari tarmog‘ini kengaytirish hisobidan lalmi yerlarni o‘zlashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratiladi.

    Buning uchun Toshkent viloyatida jami 45 million kub metr suv yig‘iladigan “Parkentsoy”, “Qizilsoy”, “Toshtepa”, Jizzax viloyatining Forish tumanida “Karaman”, Qashqadaryo viloyatida “Guldara”, “Ayaqchisoy”, Samarqand viloyatida “Bulung‘ur” suv omborlari barpo etiladi.

    Kelgusi ikki yilda esa 1 million 200 ming gektar yerning suv ta’minoti barqarorlashtiriladi, yiliga 1 milliard 700 million kub metr suv tejaladi va 600 ming gektar yerning meliorativ holati yaxshilanadi.

    Biz uchun o‘ta muhim vazifa – qishloq xo‘jaligi uchun yuksak bilim va malakaga ega bo‘lgan oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirishimiz lozim. Bu borada xorijdagi yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan birga qo‘shma fakultetlar tashkil etish, yaqinda ish boshlagan “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali agro soha mutaxassislarini, yosh kadrlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarda o‘qitishga alohida ahamiyat berishni zamonning o‘zi talab etmoqda.

    Kelgusi yili qishloq xo‘jaligida 1 milliard 870 million AQSh dollari hajmidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish mo‘ljallanayotgani bu sohadagi ishlarimizning hajmi ham, mas’uliyati ham naqadar yuksak ekanidan dalolat beradi.

    O‘z oldimizga qo‘ygan ulkan vazifalarni ado etish, mamlakatimizning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, xalqimiz dasturxonini farovon qilishdek olijanob maqsad yo‘lida hayot sinovlarida toblangan, mard va matonatli fermerlarimiz, O‘zbekistonning barcha qishloq xo‘jalik xodimlari bor bilim va tajribalarini, kuch-g‘ayrat va imkoniyatlarini safarbar etib, o‘zlarini ayamasdan mehnat qiladilar, deb ishonaman.

    Aziz do‘stlarim, vatandoshlarim! Sizlarni yana bir bor Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bilan chin dildan tabriklayman. Barchangizga sihat-salomatlik, ishlaringizga yangi-yangi yutuqlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. Umringizdan, mehnatingizdan baraka toping! Kirib kelayotgan yangi — 2019-yilda hosilimiz yanada mo‘l bo‘lsin! Qabul qilayotgan barcha reja va dasturlarimiz ijobat bo‘lsin!

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

    08.12.2018, 20:14   Izoh (0)   45671
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijon viloyatida 10-sinf o‘quvchisi o‘zini osib qo‘ydi

    08.12.2018, 19:55

    O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazilgan “Xotin-qizlar sport haftaligi”da 900 ming nafar xotin-qiz ishtirok etdi (foto)

    08.12.2018, 18:54

    Jahongir Fozilov Qo‘qon shahriga prokuror etib tayinlandi

    08.12.2018, 16:32

    Abdusalom Azizov to‘satdan tekshiruv davomida o‘zini ko‘rsatgan Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini mukofotladi

    08.12.2018, 15:57

    Farg‘ona shahrida hujjatsiz olib o‘tilayotgan 41 mln so‘mlik sitrus mevalar aniqlandi

    08.12.2018, 15:17

    Hadis ilmi maktabi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

    08.12.2018, 14:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Asr to‘yi”: Jeff Bezosning Venetsiyadagi 50 mln dollarlik nikoh oqshomiga 200 dan ortiq mashhurlar tashrif buyurdi

    Shou-biznes | 29 iyun, 10:15

    O‘zbekistonda valyuta tushumini sotishdan bo‘yin tovlaganlik uchun jarima bekor qilinishi mumkin

    O‘zbekiston | 29 iyun, 10:00

    O‘zbekiston tovarlari uchun Pokiston portida maxsus ombor tashkil etilishi mumkin

    O‘zbekiston | 29 iyun, 09:00

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” “Benfika”ni yirik hisobda mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi (video)

    Sport | 29 iyun, 08:35

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Botafogo”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 28 iyun, 23:48

    Kolumbiyada ko‘chki sabab halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 23:10

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.