Hukumat qarori bilan Baxodir Beshimovich Eshmuratov “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.
Ma’lumot uchun, avvalroq O‘zbekistonda avtomobillarga siqilgan gaz (metan) quyish shoxobchalaridagi 1 m3 gazning sotilish narxi 2300 so‘mgacha qimmatlagan edi. Shundan so‘ng, “O‘ztransgaz” AJning joriy yil iyun oyida ushbu lavozimga tayinlangan raisi Sharifjon Tursunov ishdan olingan edi.
Eslatib o‘tamiz, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati gaz taqsimlash tarmoqlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish sohasida yagona siyosatni shakllantirish, respublika iste’molchilariga tabiiy gazni yetkazib berish va sotish bo‘yicha samarali boshqaruv tizimini yaratish, shuningdek, tabiiy gazdan oqilona foydalanish va gaz uchun to‘lov intizomini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan.
Izoh (0)