Markaziy bank oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni muomalaga chiqargan edi. 28-noyabrdan boshlab sotuvga qo‘yilgan 6900 dona kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarning qariyb 3 mingtasi sotildi. Bu haqda Markaziy bankka tayanib Spot xabar berdi.
4-dekabr holatiga ko‘ra O‘zbekiston banklaridagi tangalar qoldig‘i:
- Toshkentdagi banklarda (Ipoteka, Trast bank, O‘zsanoatqurilishbank, Asaka bank, Asia Alliance bank, Ipak yo‘li bank, Orient Finance bank, Infin bank, O‘zmilliybank) — 577
- Buxorodagi banklarda (Hamkor bank, Asia Alliance bank) — 403
- Samarqanddagi banklarda (O‘zsanoatqurilishbank, Orient Finance bank) — 381
- Xorazmdagi banklarda (O‘zmilliybank Urganch, Xiva) — 499
- Namangandagi bankda (Hamkor bank) — 329
- Farg‘onadagi bankda (Trast bank) — 219
- Sirdaryodagi bankda (O‘zsanoatqurilishbank) — 232
- Surxondaryodagi bankda (Kapital bank) — 205
- Qashqadaryodagi bankda (Ipoteka bank) — 185
- Navoiydagi bankda (Ipak yo‘li bank) — 172
- Jizzaxdagi bankda (Aloqa bank) — 250
- Andijondagi bankda (Hamkor bank) — 205
- Qoraqalpog‘istondagi bankda (Qishloq qurilish bank) — 265
Izoh (0)