Xatirchidagi maktablardan birining direktori pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Fuqaro S. R. Navoiy viloyati Xatirchi tumanining Oltinsoy MFYdagi Achchi qishlog‘idagi 79-maktabda ancha vaqtdan buyon psixologiya fani o‘qituvchisi sifatida ishlab kelardi.
Mazkur maktabning direktori P.Sh. so‘nggi paytlarda unga ma’lumoti psixologiya mutaxassisligiga to‘g‘ri kelmasligini ro‘kach qilib, ishdan bo‘shatmaslik evaziga 200 AQSh dollari talab qiladi.
Fuqaro S.R.ning arizasi asosida Departamentning tuman bo‘limi, DXX hamda tuman IIB JQB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda maktab direktori P.Sh. psixolog S.R.dan kimyoviy ishlov berilgan 100 AQSh dollarini pora tariqasida olayotganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro P.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 210-modda (Pora olish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)