GM Uzbekistan 31-dekabrdan boshlab Chevrolet Malibu avtomobillarining hozirgi avlodini ishlab chiqarishdan to‘xtaydi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.
“Modellar qatorini yangilash borasidagi strategiyasiga muvofiq Chevrolet Malibu avtomobillarining hozirgi avlodi ishlab chiqarishdan to‘xtatiladi. Ushbu modeldagi avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomalar tuzish 2018-yilning 31-dekabriga qadar davom etadi. GM Uzbekistan dilerlik korxonalari bilan birgalikda xaridorlar oldidagi majburiyatlari bajarilishini to‘liq ta’minlaydi hamda avval shartnoma tuzgan xaridorlarga avtomobil to‘liq hajmda yetkazib beriladi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, sentabrda Chevrolet Captiva avtomobilini GM Uzbekistan AJ ishlab chiqarish quvvatlarida yig‘ish yakunlanishi xabar berilgan edi.
Izoh (0)