• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qarshida tanqidlarga munosabat shumi?

    O‘zAda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi muammolarni aks ettiruvchi tanqidiy materiallarga mutasaddi tashkilotlardan jo‘yali javob ololmagani haqida maqola chop etildi. Quyida ushbu maqola e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Keyingi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatda aholi turmush darajasini yuksaltirish, odamlarning kelajakda emas, bugun yaxshi yashashi uchun zarur sharoitlar yaratish borasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Buni hayotning barcha jabhalarida ko‘rish-kuzatish mumkin. Jumladan, ommaviy axborot vositalari faoliyatida ham. Binobarin, matbuot ham davlat rahbari qo‘yayotgan talablarga hamqadam bo‘lishga, fuqarolar hayoti va dunyoqarashida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va xatolar haqida ro‘y-rost yozishga, avvalgidek bo‘yab-bejab emas, borini bo‘y-basti bilan ko‘rsatishga harakat qilmoqda. Qaysidir darajada bunga muvaffaq bo‘lmoqda ham. Lekin, afsuski, hamma joyda ham aholini qiynayotgan muammolarni hal etish, odamlarning og‘irini yengil qilishga mutasaddi rahbarlar bir xil munosabatda bo‘lyapti, o‘zlari mas’ul bo‘lgan hududga oid matbuotda ko‘tarilgan dolzarb masalalarga yechim topishda jonbozlik ko‘rsatyapti, deb bo‘lmaydi.

    O‘zAda so‘nggi bir yilda birgina Qashqadaryo viloyatidan odamlarni qiynayotgan muammolar bo‘yicha bir necha tanqidiy chiqishlar qilindi. Bu bilan o‘rtaga tashlanayotgan muammoga mas’ul rahbarlar e’tiborini tortish, yechim topish, eng muhimi, odamlarning og‘irini yengil qilishga oz bo‘lsa-da, hissa qo‘shishdek ezgu maqsad mujassam edi. Afsus, yanglishgan ekanmiz, hech narsa o‘zgarmabdi. Shu ketishda o‘zgarmasa ham kerak. Shuning uchun mavzuga yana qaytish, Qashqadaryo viloyati va Qarshi shahar hokimliklari mas’ullarini odamlarning dardini eshitish va ularni qiynayotgan muammolarni hal etishda ozgina jonini qiynashga undashni lozim topdik.

    “Qarshi shahri ko‘chalaridagi o‘ydim-chuqurlar qachon yamaladi?”. Rosa bir yil avval xuddi shu sarlavha ostida Qarshi shahridagi kun sayin yemirilib, tosh-qumi chiqib borayotgan Nasaf ko‘chasini birov ta’mirlashni xayoliga keltirmayotgani xususida material berilgan edi. Afsuski, u yerda ahvol hamon o‘sha-o‘sha. Hatto, yaxshilanish o‘rniga o‘tgan yilgidagidan-da ayanchliroq ahvolga yuz tutmoqda.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Avtomashinalar mashhur qiziqchi Hojiboy Tojiboyev aytganidek “aylanib” o‘tishga majbur bo‘lmoqda. Ammo, qachongacha?! Ahvol shunday davom etsa, etaversa, “aylanib” o‘tayotgan mashinalar buzilaversa, yo‘lovchi qiynalaversa, buning badalini kim to‘laydi? Qarshi shahriga tumanlardan kirib keluvchi transport vositalarining asosiy qismi shu yo‘ldan qatnaydi. Qarshi shahridagi tun-u kun serqatnov bo‘lgan ushbu ko‘chaning hozirgi ahvoli viloyat markazi, degan sharafli nomga sira mos kelmaydi. Viloyat va shahar mutasaddilari loaqal shuni tushunishsa edi...

    “Qarshidagi bozor huvillab yotibdi. Nega?”. Qarshi shahar 2-mitti tumanda joylashgan “Ko‘kcha nur” dehqon bozorining huvillab yotganini ko‘rib, “Muammoni ko‘tarsak, har holda “nimalardir” qilinib, kimlargadir omborxona, kimlargadir narsasini qor-yomg‘irdan asraydigan boshpana, yana birovlarga kim bilsin, qanday maqsadlar uchun ”xufiya“ maskan vazifasini o‘tayotgan bo‘m-bo‘sh bozor ko‘cha boshini tirband qilib, o‘tib-qaytishga xalaqit berayotgan olib-sotarlar bilan to‘lib, gullab-yashnab ketsa”, degan umidda shu sarlavhali maqola e’lon qilgan edik. Ammo chuchvarani xom sanagan ekanmiz. Yozganlarimiz qog‘ozda, so‘zlarimiz havoda qoldi. Bu lavha mutasaddilarga zig‘ircha ham ta’sir ko‘rsatmadi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Mavjud muammoga ozgina e’tibor qaratilganida katta yo‘l bo‘yiga joylashib olib, noqulay sharoit va sanitariya talablariga zid holda poliz, meva-sabzavot va boshqa mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar nihoyat bir joyga jam bo‘lishi mumkin edi. Bu sotuvchiga ham, xaridorga ham juda qo‘l kelardi.

    Afsus, kutilgan natija bo‘lmadi, hamon “Eski hammom, eski tos”. Yana bozorga eltadigan ko‘chada antisanitariya holatida mahsulotini yerga yoyib savdo qilinmoqda. Bozor esa o‘sha-o‘sha “ko‘zlari” sotuvchi-yu xaridorlar yo‘liga intizor turibdi.

    “Shudgorga aylangan stadionlar” sarlavhali maqola Qarshi shahar Geolog mahallasidagi sun’iy qoplamali mini-stadionlar haqida edi. Hamon hech qanday yo‘q...

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Har kuni ishga shu maydoncha yonidan o‘tib qatnayman. Sun’iy qoplamali maydon abgor holatga kelib qolganini ko‘rib, afsuslanaman. Nima maqsadlarda qurildi-yu, nima maqsadlarga xizmat qilmoqda? Essiz, shuncha mablag‘... Bir paytlar tashlandiq bo‘lgan bu joyda mini-futbol maydonchalari qurilganda, eh-he, tevarak-atrofdagi aholi juda quvongan, ayniqsa, yoshlar o‘zlarini bo‘lajak professional futbolchilar deb his qilgan edi. Buning ustiga har holda shahar ko‘rkiga ko‘rk. Lekin, bu shodliklar uzoq cho‘zilmadi...

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Ayniqsa, bugungi kunda sun’iy qoplamali mini-futbol maydonlari yosh-u qarini birdek o‘ziga jalb etmoqda. Birgina Qashqadaryo viloyatida shunday maydonlar soni 100 dan ortadi. Biroq, aksariyat futbol stadionlarining abgor ahvoldaligi kishini o‘ylantiradi.

    “Yoshlar markazini obod hududga aylantiraylik...” Bu maqolada Qarshi shahar Yoshlar markazi binosidagi xunuk holat xususida batafsil yozilgan edi. O‘sha maqoladan so‘ng esgan ba’zi bir keskin “shamol”lar markaz binosida bir qator ijobiy o‘zgarishlar bo‘lib ketishiga sha’ma qilgandek edi. Lekin bu shamollar o‘tkinchi ekan. Bahor shamoliday bir pasda tindi-qoldi. Aytilgan gaplar mutasaddilarning ham bir pasda yodidan ko‘tarildi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Chunki maqola yozilganidan so‘ng qish yakunlanib, bahor, undan keyin yoz ham keldi. Yomg‘ir va qorlar “qishlagani” boshqa o‘lkalarga ketdi. Mana, yana qish eshik qoqib turibdi. Ketma-ket yomg‘ir yog‘ib, sovuq kunlar tushdi. Markaz binosi esa soyabonsiz qolgan yo‘lovchidek shalobbo holda zir-zir titraydi...

    Lekin, na iloj. Qancha-qancha bunyodkor g‘oyalar, tashabbuslar, innovatsion loyihalar chiqayotgan yoshlar ittifoqi viloyat kengashidan binoni ta’mirlatish uchun hatto jo‘yali fikr ham o‘zi chiqmayapti. Chiqmasa ham kerak. Yo‘qsa, o‘tgan yilgi maqoladan so‘ng hech bo‘lmasa markazning tom qismini ta’mirlatgan bo‘lar edi...

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Hali qish oldinda, yomg‘ir va qorlar oldinda. Umid qilamizki, markaz binosiga ziyon yetmasin, ularning chaqiriq va g‘oyalariga ergashayotgan iqtidorli yoshlar ko‘chada qolmasin...

    Aslida tanqidiy maqola tayyorlashdan, uni jamoatchilik e’tiboriga havola etishdan maqsad nima? Mavjud muammoni ijobiy hal qilish, uni yaxshi tomonga o‘zgartirish emasmi? Afsuski, hamma ham bunday o‘ylamas ekan-da! Maqsadimiz xalqimiz hayoti yaxshilanishiga, yoshlarimiz faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan ayrim muammo va kamchiliklarning ijobiy hal etilishiga hissa qo‘shish. O‘ylaymizki, mutasaddilar endi harakatga keladi va biz bu mavzuga boshqa qaytmaymiz. Qaytsak ham faqat bularning barchasi o‘z yechimini topgani haqida xursand bo‘lib yozish uchun qaytamiz.

    04.12.2018, 17:36   Izoh (0)   35642
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi 3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kuni munosabati bilan forum o‘tkazdi

    04.12.2018, 17:00

    Toshkentda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasining 2018-yil yakunlariga bag‘ishlangan xalqaro forum bo‘lib o‘tadi

    04.12.2018, 16:35

    O‘zbekistonda 2020-yildan boshlab “Zamonaviy maktab” loyihasi doirasida ilk namunali ta’lim muassasalari qurilishi boshlanadi

    04.12.2018, 16:11

    Shahrisabzda 7-sinf o‘quvchisi nima sababdan o‘zini osib o‘ldirdi?

    04.12.2018, 15:54

    O‘zbekistonda besh yilda 4 ta yirik va 16 ta kichik GES quriladi

    04.12.2018, 15:21

    Dog‘istonda qo‘lga olingan buxorolik “da’vatchi” 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

    04.12.2018, 14:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda 96 marotaba qoidabuzarlik qilgan haydovchi qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 16 may, 21:15

    Din Heyson “Real Madrid” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 16 may, 21:13

    Namangandagi qabristonda katta yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 16 may, 21:05

    “Rossiyaning Ukrainadagi urushi Yevropadagi tinchlik tartibini buzdi” — Antoniu Koshta

    Dunyo | 16 may, 20:50

    Toshkentda Markaziy Osiyodagi eng yirik o‘yin sanoati festivallaridan biri — GameFest 2025 bo‘lib o‘tdi

    O‘zbekiston | 16 may, 20:40

    Farg‘onada Damas qoidabuzarligi sabab 2 avtomobil to‘qnashdi, piyoda jabrlandi (video)

    O‘zbekiston | 16 may, 20:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.