Moskvada bo‘lib o‘tgan “Miss jahon go‘zali — 2018” go‘zallik tanlovida Rostov-Don shahrida yashovchi 19 yoshli Xalimat Aybazova g‘olib bo‘ldi, deb yozadi “MK.ru”.
Go‘zallik, moda va iste’dodlar tanlovi finali Moskvada 1—3-dekabr kunlari o‘tkazildi, unda 20 dan ortiq mamlakatdan mingdan ziyod qizlar qatnashdi.
Ta’kidlanishicha, Aybazova “Qit’a Yevropasi go‘zali — 2017”, “Rostov go‘zali — 2017”, “Don go‘zali — 2018”, “Cherkessk go‘zali — 2018” va “Miss jahon rus go‘zali” tanlovlarida ham g‘olib bo‘lishga ulgurgan.
Izoh (0)