Germaniya kansleri Angela Merkel G20 sammitidan keyin Buenos-Ayres shahridagi mashhur Don Julio restoranida oddiy argentinaliklar bilan kechki ovqat tanovul qildi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
Xabar berilishicha, Merkel shahar bo‘ylab sayrga chiqqan va Palermo tumani hududidagi restoranga kirgan. Kanslerning restoranga kirishi mahalliy aholida katta qiziqish uyg‘otdi. U restorandan chiqib ketayotgan vaqtda muassasaning kirish qismida kansler bilan suratga tushish istagida ko‘plab kishilar yig‘ilgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda guvohlar tomonidan olingan juda ko‘p surat va videolar paydo bo‘lgan.
https://www.instagram.com/p/Bq3fi7XhErL/?utm_source=ig_embed
Bir kun avval hukumat samolyotidagi nosozlik sababli Merkel Argentinaga oddiy reysli samolyotda uchgani ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)