Fransiya bosh vaziri Eduar Filipp yonilg‘i uchun soliqlarning oshirilishiga yarim yillik moratoriy e’lon qildi, deb yozadi TJournal.
“Hech bir soliq jamiyat yaxlitligiga arzimaydi. Men fransuzlar g‘azabini eshitdim”, — dedi u Matinyon saroyida chiqish qila turib.
Fransiyada noyabr oyi o‘rtalarida yonilg‘i narxlarining oshganligi sababli ommaviy namoyishlar boshlanib ketdi. Tartibsizliklar davomida 500 kishi jabrlandi.
3-dekabr kuni namoyishchilar Parijdagi G‘alaba arkasini ag‘dar-to‘ntar qildi, shundan so‘ng u tashrif buyuruvchilar uchun yopildi.
Izoh (0)