Ikki nafar yosh yigit tomonidan metro vagonida bo‘sh tobut olib o‘tildi. Bu haqda Afisha Daily xabar berdi.
Metropoliten matbuot xizmati tobut olib o‘tilishiga qarshilik ko‘rsatilmaganligining sababi yo‘lovchilar yuk uchun to‘liq to‘lov amalga oshirgan.“1-dekabr kuni yo‘lovchilar yuk uchun to‘lov amalga oshirib, xavfsizlik xizmati xodimlarining tekshiruvidan o‘tdi. Yuk ruletka yordamida o‘lchandi, tobutning ichi bo‘sh edi. Yo‘lovchilar olib o‘tayotgan yuk taqiqlanmagan bo‘lgani sabab metro xodimlari uni olib o‘tishga qarshilik ko‘rsatmadi. Metroda qo‘shimcha to‘lov evaziga yirik yuklarni olib o‘tish mumkin. Metroda olib o‘tish mumkin bo‘lgan yuk hajmi qoidalarda ko‘rsatilgan”, — qayd etadi matbuot xizmati.
Izoh (0)