Forbes jurnali talqini bo‘yicha 2018-yilning eng nufuzli ayoli Germaniya kansleri Angela Merkel bo‘lgan. Reyting jurnal saytida e’lon qilindi.
Germaniya kansleri qatorasiga sakkizinchi yil birinchi o‘rinni saqlab qolmoqda. Mazkur ro‘yxatda ikkinchi pog‘onani Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey egallagan, nufuz bo‘yicha uchinchi o‘rindan esa Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristin Lagard o‘rin olgan.
Yetakchilar beshligidan General Motors bosh direktori Meri Barra va Fidelity Investments kompaniyasi raisi va prezidenti Ebigeyl Jonson joy olgan.
Izoh (0)