Javhar Izamov TIV davlat protokoli boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 3-dekabr kuni hay’atning kengaytirilgan majlisida uni jamoaga tanishtirdi.
Javhar Izamov bunga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i, O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi lavozimlarida ishlagan.
Izoh (0)