Argentinaga G20 sammiti uchun yetib kelgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning diplomatik o‘ng‘aysiz holati ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining hazillariga sabab bo‘ldi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Fransiya prezidenti va uning rafiqasi Brijit 28-noyabr kuni Argentinaga yetib keldi. Ularni vitse-prezident Gabriela Miketti qarshi olishi kutilgan edi. Biroq Makron va Mikettining protokoli o‘rtasidagi tushunmovchilik sababli fransuz yetakchisini trapda rasmiy shaxslar kutib olmadi.
Samolyotni tark etgan Makron kutib oluvchi yuqori mansabdorlarni ko‘rmagach, sariq jiletdagi aeroport xodimining qo‘lini siqdi va avtomobil tomonga yurdi.
Keyinroq Mikettining aniqlik kiritishicha, bunday noqulay vaziyatga Makron odamlarining prezidentni kutib olishni argentinaliklarga juda kech ma’lum qilganligi sabab bo‘lgan.
“Makron Argentinada xuddi kurortga borgandek… Samolyotdan xotirjam chiqib qarasa…Shok. Uni kutib olayotganlar orasida — ‘sariq jilet’ ”, — deb yozadi Rustydufort.
“Argentinaliklar Makronni kutib olish uchun ‘sariq jilet’ni yuborishdi. Bu hazilmi?” — deb yozadi Kloupinait.
Izoh (0)