Isroil harbiylari ular nazorati ostida bo‘lgan Golan tepaliklarida Suriya zenit raketalarining qismlarini topganligini ma’lum qilmoqda. Raketa 29-noyabr kuni uchirilgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Suriya tomonidan tan olinishicha, 30-noyabrga o‘tar kechasi mamlakatning janubiy qismida Isroil harbiy-havu kuchlari tomonidan uyushtirilgan havo hujumini bartaraf etish uchun havo hujumidan mudofaa tizimi ishga solingan.
Isroillik harbiylar aviahujumga aloqadorligi yuzasidan hozircha izoh bermagan.
Izoh (0)