Gonkongning Szin Yi orolida shaharlararo yo‘nalishda qatnaydigan avtobus taksi bilan to‘qnashib ketdi. YTH oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, 32 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xabar berilishicha, bir nafar erkak va bir nafar ayol hodisa joyida, yana uch kishi kasalxonada vafot etgan. Yana 32 kishi kasalxonada og‘ir ahvolda yotibdi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, avtobus taksini qariyb ezib tashlagan, avtomobilning orqa qismi deyarli maydalanib ketgan.
Mahalliy OAVlar avtobusning sayyohlik avtobusi ekanini aytmoqda, biroq YTH vaqtida u Gonkong xalqaro aeroporti xodimlarini aeroportga olib ketayotgan bo‘lgan.
Izoh (0)