AQSh prezidenti Donald Tramp argentinalik hamkasbi Maurisio Makrining tabrik nutqi chog‘ida sinxron tarjimadan hafsalasi pir bo‘ldi. Buenos-Ayresdagi prezident qarorgohidagi voqea aks etgan video Facebook’dagi Rioja Noticias sahifasida e’lon qilindi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Argentina prezidentining gaplari unga tarjimadan ko‘ra tushunarliroq bo‘lgan. “Ammo hammasi joyida”, — dedi u sinxron tarjima uchun priyomnikni yerga uloqtirib. So‘ng davlat rahbari pinagini buzmasdan o‘z nutqini davom ettirdi.
Izoh (0)