2018-yilning uchinchi choragida “UZ” domenida joylashgan saytlarga 308 marta xuruj uyushtirilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.
Bundan 184 tasi saytlarning bosh sahifasini o‘zgartirish, 119 tasi esa ularga begona axborotni joylashtirishga urinish bilan bog‘liq.
Ma’lumot uchun, bunday urinishlarga chek qo‘yish maqsadida Prezidentning “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan O‘zbekistonda Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi hamda “Texnik ko‘maklashish markazi” DUK faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Izoh (0)