Alyaskada Veniaminova vulqoni uyg‘ondi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Vulqon havoga besh kilometr balandlikka kul otmoqda. Yarim orolning bir qismi parvozlar uchun yopilgan, aviatsiya uchun “qizil” ogohlantirish e’lon qilingan.
Shamol kul shleyfini janubi-sharqqa tomon uchirmoqda.
Veniaminova vulqoni— Alyaskaning eng baland nuqtasi bo‘lib, u yarim orol markazida joylashgan.
Eng yaqin aholi yashash punkti Perrivill vulqondan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan. Vulqonning kullarini o‘sha yerdan ko‘rish mumkin edi.
Izoh (0)