Indoneziyada halokatga uchragan Boeing 737 Max 8 yo‘lovchi samolyotining uchuvchisi so‘nggi lahzagacha laynerni havoda ushlab turishga harakat qilgan. Bu haqda mamlakatning Transportda xavfsizlik bo‘yicha milliy qo‘mitasi vakili Nurkaxio Utomo ma’lum qildi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.
Vakilning so‘zlariga ko‘ra, bu haqda bortdagi parametrlarni yozish qurilmasidan olingan ma’lumotlar guvohlik bermoqda.
Utomoning xabar berishicha, samolyot havoga ko‘tarilganidan keyin kapitan va ikkinchi uchuvchi tizimdan tezlikning turli ko‘rsatkichlarini ola boshlagan. Shundan so‘ng samolyot ko‘tarilishni va pasayishni boshlagan, keyin esa tizimga kemaning burni qiyaligi burchagidagi sensordan noto‘g‘ri ma’lumotlar kelgan.
Uchuvchi so‘nggi lahzagacha qiyalikni kamaytirishga uringan, biroq samolyotni boshqarish qiyinlashib ketgan. Yakunda Boeing qulagan va soatiga 650 kilometr tezlikda dengiz sathiga urilgan.
Izoh (0)