Vyetnamda “Usagi” tropik to‘foni sababli 500 ming kishi evakuatsiya qilindi. To‘fon mamlakatning eng yirik shahri hisoblangan Xoshimin shahri tomonga harakatlanmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Evakuatsiyaga turli idoralarning 30 ming nafar vakili safarbar qilingan. Qariyb to‘rt mingta baliq ovlovchi kema va ularning 23 ming nafar ekipaj a’zosi xavfsiz joylarga qaytmoqda.
23-noyabr kuni ertalab to‘fon Vungtau shahridan 270 kilometr masofada bo‘lgan. Shamolning tezligi 75 km/soatni tashkil qilmoqda. Uning quruqlikka 25-noyabrga o‘tar kechasi yetib kelishi kutilmoqda.
Mamlakatning janubi, janubi-sharqi va sharqida kuchli shamol, baland to‘lqinlar va kuchli yog‘ingarchiliklar kutilmoqda. Ba’zi hududlarda 500 millimetrgacha yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)