Rossiyaning “Zvezda” telekanali Janubiy harbiy okrugning havo hujumidan mudofaa tarkibiga kiruvchi C-300 zenit-raketa kompleksini havodan “dushman hujumini” qaytarish maqsadida jangovar shaylikka keltirish jarayoni aks etgan videoni taqdim etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Jarayon davomida harbiylar kompleksga hamrohlik qilgan va nishonlarni tutib, ularni “yo‘q qilgan”.
Mashg‘ulotlarda 30 dan ortiq harbiy va maxsus texnika ishtirok etgan. Jami 20 ta nishonni aniqlash va “yo‘q qilishga” muvaffaq bo‘lingan.
Izoh (0)