Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani, Yangiovul qishlog‘ida yashagan pensioner A.I. ikki nafar nabirasi bilan uxlab yotganida oshxonaga o‘rnatilgan suv isitish moslamasidan (AGV) sizib chiqqan is gazi xonadan mo‘ri chiqarilmaganligi sababli uy ichiga to‘plangan. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Buning oqibatida A.I. zaharlanib, voqea joyida vafot etgan. Marhumaning nabiralari esa zaharlanish tufayli kasalxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)