Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga uch o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Podpolkovnik Rustamjon Do‘stmatov viloyat IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Aliaxmed Choriyev IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — kadrlar boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Azizxon Agzamov IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Shuningdek, polkovnik Ilhomboy Xudaybergenov Bo‘ka tumani IIB boshlig‘i lavozimini egalladi.
Izoh (0)