• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 2021-yildan majburiy tibbiy sug‘urta tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9-noyabr kuni sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, hududlar aholisini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasidagi islohotlar natijalarini tahlil qilish va istiqboldagi ustuvor vazifalarni belgilashga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

    Prezident matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, Shavkat Mirziyoyev barcha islohotlardan asosiy maqsad odamlar hayotini yaxshilash ekani, sifatli tibbiy xizmat bu borada muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Keyingi ikki yilda Prezidentning sohaga oid 50 ta farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining 70 dan ziyod qaror va farmoyishlari qabul qilindi. 6 ta yangi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etilib, ularning soni 16 taga yetdi. Aholiga yanada qulay bo‘lishi uchun hududlarda ularning 10 ta filiali ish boshladi. Tuman va shahar shifoxonalarida 306 ta yangi ixtisoslashgan bo‘limlar, 1 ming 200 ta tez tibbiy yordam shoxobchasi ochildi.

    Umuman olganda, 2018-yilda tibbiyot sohasiga davlat byudjetidan 2017-yilga nisbatan 40 foiz ko‘p mablag‘ ajratildi. Yig‘ilishda kelasi yil sohaga qariyb 30 foiz ko‘p mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilgani qayd etildi.

    Prezidentning kuni kecha qabul qilingan “Davlat tibbiyot muassasalari va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori sohadagi yana bir ijobiy yangilik bo‘ldi. Unga muvofiq, tibbiyot xodimlarining oylik maoshi 1-dekabrdan 20 foizga, 2019-yil 1-apreldan yana 15 foizga oshiriladi.

    “Farmon va qarorlar chiqarilib, sohaga shuncha imkoniyatlar yaratildi, dolzarb masalalar hal qilib berildi. Lekin sog‘liqni saqlash tizimida kutilgan natijalar ko‘rinmayapti. Ayniqsa, tumanlar, chekka qishloqlardagi aholi tibbiy xizmatdagi jiddiy va tub o‘zgarishlarni o‘z hayotida sezayotgani yo‘q”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    2018-yilning o‘tgan davrida Prezidentning Virtual qabulxonasiga tibbiyot sohasiga doir 45 mingdan ziyod murojaat kelib tushgani, bu sohada hali muammolar borligini ko‘rsatishi qayd etildi.

    Masalan, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimi, tuman markaziy shifoxonalarining moddiy-texnika bazasi va malakali kadrlar bilan ta’minlanish darajasi talabga javob bermaydi. Buning oqibatida hududlardagi bemorlar katta mablag‘ sarflab, Toshkent shahriga kelishga yoki chet davlatlarga borishga majbur bo‘lmoqda.

    Shu bois yig‘ilishda tibbiyot tizimidagi muammolarni vaqtida aniqlash va hal etish, buning uchun hududlardagi holatni to‘liq qayta ko‘rib chiqish, o‘rganishlarda qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikadan markaziy tibbiyot muassasalarigacha qamrab olish kerakligi ta’kidlandi.

    Tibbiy xizmat ko‘rsatishda respublika, viloyat, tuman va qishloq bo‘g‘inlari o‘rtasida bog‘liqlikni kuchaytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bunda, avvalo, mahallalarda profilaktika ishlari va tibbiy ko‘riklar yaxshi tashkil etilib, kasalliklarning oldi olinadi, zarur hollarda bemorlar tuman va viloyat markazlariga yuboriladi. Tuman tibbiyot birlashmalari esa kasallarni imkon qadar o‘zida davolab, og‘ir bemorlarni viloyat va respublika muassasalariga yo‘naltiradi. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari esa o‘z ixtisosligi bo‘yicha yagona metodik, texnologik, davolash va profilaktika siyosatini amalga oshirib, aholi salomatligini mustahkamlaydi.

    Yig‘ilishda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Onalar va bolalar o‘limiga sabab bo‘layotgan omillarni chuqur tahlil qilib, ularni bartaraf etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni profilaktika qilish ishlari talab darajasida yo‘lga qo‘yilmagani qayd etildi. Qator ixtisoslashtirilgan markazlarning bu boradagi faoliyati tanqid qilindi.

    Ayrim hududlarda yuqumli kasalliklarning oldini olish va davolash ishlari ham qoniqarli emas. Jumladan, 2018-yilning o‘tgan davrida gepatit, o‘pka sili bilan kasallanish soni respublika bo‘yicha 20 foizgacha kamaygan bo‘lsa-da, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida kamaymagan.

    Shu bois respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlaridagi moddiy-texnik baza va davolash holatini o‘rganib, mavjud kamchiliklarni hal etish, OITSning oldini olish, xorijiy davlatlarda mehnat qilib qaytgan shaxslarni majburiy test tekshiruvidan o‘tkazishning qonuniy mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

    Xususiy tibbiyot muassasalari tarmog‘ini yanada kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi. Xususiy tibbiyotning barcha tarmoqlarini ham rivojlantirish, yirik shaharlarda nafaqat o‘zbekistonliklar, balki qo‘shni mamlakatlar fuqarolariga ham tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha katta imkoniyatlar mavjud.

    Shuning uchun mutasaddilarga xususiy tibbiyot muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, Toshkent, Samarqand, Andijon kabi yirik shaharlarda “tibbiyot xab”larini barpo etish bo‘yicha vazifalar topshirildi.

    Kasalliklarning oldini olishning eng kamxarj va samarali yo‘li aholining sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom ovqatlanish madaniyatiga amal qilishidir.

    Afsuski, kamharakatlilik va noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatida O‘zbekiston aholisining yarmi ortiqcha vaznga ega, aholining 46 foizi qon tarkibida me’yordan ortiq xolesterin mavjud, 31 foizida qon bosimi yuqori.

    Shu bois aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini va sog‘lom ovqatlanish madaniyatini targ‘ib qilish orqali kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

    Videoselektorda tibbiyot sohasini o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish yo‘nalishlari muhokama qilindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda 2025-yilgacha sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha konsepsiya loyihasini puxta ishlab chiqish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

    Masalan, sohani moliyalashtirishning amaldagi smeta usuli eskirgani, tibbiyot muassasalari qancha bemor davolanganiga qarab emas, koyka-o‘rinlar soniga qarab moliyalashtirib kelinayotgani qayd etildi. Bugungi zamon talablari va xorij tajribasidan kelib chiqib, sinov tariqasida O‘zbekistonning 14 ta hududida bittadan tibbiyot birlashmasini aholi jon boshiga va statsionar sharoitda davolanganlar soniga qarab moliyalashtirish bo‘yicha topshiriq berildi.

    Bugungi kunda barcha rivojlangan davlatlarda majburiy tibbiy sug‘urta tizimi joriy etilgan. Bu orqali byudjet xarajatlarini kamaytirish, tibbiy xizmat sifatini oshirishga erishilgan.

    Yig‘ilishda 2021-yildan boshlab O‘zbekistonda ham majburiy tibbiy sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, Janubiy Koreya, Singapur, Germaniya kabi davlatlardan xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda, tegishli qonun va qonunosti hujjatlarini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

    Tibbiyot sohasida davlat-xususiy sheriklik tizimini rivojlantirish, ayrim davolash muassasalarini shunday sheriklik asosida yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlash, ularga to‘liq moliyaviy mustaqillik berish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

    Tibbiy ta’lim tizimini isloh qilish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Nufuzli xorijiy ta’lim muassasalari filiallarini ochish, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va ixtisoslashgan tibbiyot markazlari o‘rtasida integratsiyani kuchaytirish masalalari bo‘yicha ham topshiriqlar berildi.

    Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning axborotlari tinglandi.

    09.11.2018, 22:15   Izoh (0)   66373
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilinadi

    09.11.2018, 20:06

    Toshkent shahar hokimligida “Toshkent-2025: transformatsiya“ loyihasi taqdimoti o‘tkazildi

    09.11.2018, 19:51

    Savitskiy muzeyi Muzey do‘stlari jamg‘armasining yopilishini izohladi

    09.11.2018, 19:36

    Nafaqaxo‘rlarga metrodan foydalanish uchun imtiyoz nega aynan shu vaqtda berilgani tushuntirildi

    09.11.2018, 19:05

    O‘zbekistonda noqonuniy tashqi reklamalar hajmi oshdi — ular olib tashlanadi

    09.11.2018, 18:36

    Abdulaziz Komilov Germaniya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

    09.11.2018, 17:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy Rossiya urushni tugatish uchun “noreal” shartlar qo‘yayotganini aytdi

    Dunyo | 18 may, 23:55

    Rossiyadagi koloniyadan tunnel qazib qochgan 5 nafar o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 18 may, 23:25

    Superliga. “Paxtakor” yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 18 may, 23:15

    Dunyoda 300 mln odam ochlikdan o‘lishi mumkin

    Dunyo | 18 may, 23:00

    Superliga. “Xorazm” “Mash’al”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 may, 22:18

    Video: 105 yashar otaxonni haj safariga kuzatayotgan Namangan hokimi

    O‘zbekiston | 18 may, 22:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.