Yaponiya Kuril oroli yaqinida joylashgan Esanbe Xanakita Kodzima orolidan mahrum bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Esanbe Xanakita Kodzima 2014-yilgacha o‘z nomiga ega bo‘lmagan, odam yashamaydigan orol hisoblanadi.
Taxmin qilinishicha, orolning dengiz sathidan ko‘tarilib turadigan qismini to‘fonlar va muzlarning ko‘chishlari buzib yuborgan. 1987-yilda Yaponiya qirg‘oq qo’riqlash xizmati so‘nggi marta orolda o‘lchash ishlarini olib borganda, uning dengiz sathidan balandligi atigi 1,4 metrni tashkil qilgan.
Yaponiya OAVlarining qayd etishicha, orolning yo‘qolishi undan 500 metr uzoqlikda joylashgan Xokkaydo oroli aholisiga sezilmasdan yuz bergan. Quruqlikning yo‘q bo‘lib qolganiga uni tomosha qilish uchun kelgan odamlar yashamaydigan orollar haqidagi kitob muallifi Xirosi Simidzu e’tibor qaratgan.
Orolning yo‘q bo‘lib ketishi hujjatlarda rasman qayd etilganidan keyin Yaponiya iqtisodiy hududining chegarasini qayta ko‘rb chiqish kerak bo‘ladi. Chegara taxminan 500 metrga qisqaradi.
Izoh (0)