Fransiyada politsiya xodimlari Xellouin bayramidagi tartibsizliklarni bostirish jarayonida 116 kishini hibsga oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Tartibsizliklar mamlakatning qator shaharlari, jumladan Lion, Tuluza, Rene va Nantda yuz berdi.
Tartibsizliklar ishtirokchilari avtomobil va chiqindi urnalarini yoqib yuborgan. Shuningdek ular huquq-tartibot organlari xodimlariga qo‘pol muomalada bo‘lgan.
Fransiya ichki ishlar vaziri Kristof Kastanerning qayd etishicha, “Xellouin bayrami — bezorilik qilish, degani emas”.
U politsiya xodimlariga hujum qilishni “umuman qabul qilib bo‘lmaydigan” deb baholadi.
Fransiyada 31-oktabrdan 1-noyabrga o‘tar kechasi xavfsizlikni ta’minlash uchun 15 mingga yaqin politsiyachi jalb qilingan.
“Men o‘sha kechada xavfsizlikni ta’minlash uchun jalb qilingan qurolli kuchlarning harakatlarini qo‘llab-quvvatlayman va olqishlayman”, — deydi vazir.
Izoh (0)