Qozoq tilidagi lotin tilida yozilgan birinchi gazeta Ostonada taqdim etildi. Bu haqda Qozog‘iston madaniyat va sport vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
2017-yilning oktabr oyida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 2025-yilgacha bosqichma-bosqich qozoq tilining lotin yozuviga asoslangan alifbosiga o‘tish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekkan. O‘shanda qozoq tilining lotin yozuvidagi 32 ta harfi tasdiqlangan. Keyinchalik davlat rahbari alifboning o‘zgartirishlar kiritilgan ko‘rinishini tasdiqlagan.
Lotin yozuvida taqdim etilgan gazeta Til Qazyna deb nomlangan.
Yangi nashr yangi qozoq alifbosini targ‘ib qilish bo‘yicha keng axborot berishga, lotin tilidagi qozoq tilini o‘qitishda ilmiy-metodik yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. Gazeta bir oyda ikki marta chiqadi.
Izoh (0)