Joriy yil 10-noyabr kuni O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasida “Xorijiy innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar hamda ularni O‘zbekistonda tatbiq qilish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi O‘zA.
Anjumandan ko‘zda tutilgan maqsad — iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda innovatsion faoliyatni keng joriy qilish va modernizatsiya bo‘yicha Yevropa hamjamiyatining rivojlangan davlatlari, xususan Germaniyaning ilg‘or tajribasini o‘rganish hamda O‘zbekistonda amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilishdan iborat, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Germaniya va Yevropa davlatlaridagi o‘zbek vatandoshlar tomonidan turli yo‘nalishlarda ishlab chiqilayotgan innovatsion g‘oyalar, yangi texnologik loyihalar bilan yaqindan tanishish hamda ushbu loyihalarni O‘zbekistonda amalga oshirishning ma’muriy, huquqiy asoslari va moliyalashtirish masalalari yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilmoqda.
Izoh (0)