2-noyabr kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida MDH mamlakatlari hukumat rahbarlarining kengashi bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi Turon 24.
Tor doirada o‘tadigan yig‘ilishda hukumat rahbarlari iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashadi, shuningdek keyingi kengash sanasi ham belgilanadi.
Kun tartibidan turli sohalardagi hamkorlikka oid 13 ta masala muhokamasi o‘rin olgan.
Xususan, MDH mamlakatlari hukumatlar rahbarlarining yadro avariyasi holatiga tayyorgarlik hamda uning oqibatlarini birgalikda bartaraf etishni ta’minlash yuzasidan bitimi ham imzolanadi.
Izoh (0)