Nufuzli Lonely Planet sayyohlik resursi mutaxassislari 2019-yilning eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlari reytingini tuzdi. Ular qatorida Shri-Lanka, Germaniya va Zimbabve yetakchilik qilmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Shri-Lanka rivojlangan sayyohlik infratuzilmasi tufayli yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, madaniyatlar xilma-xilligi, mahalliy mehmondo‘stlik va boy yovvoyi tabiat ham sayyohlar e’tiborini jalb qiladi.
Eng yaxshi mamlakatlar o‘ntaligiga Panama, Qirg‘iziston, Iordaniya, Indoneziya, Belarus, San-Tome va Prinsipi, Beliz kirgan.
Izoh (0)