AQSh o‘rta va kichik uzoqlikdagi raketalarni yo‘q qilish haqidagi kelishuvdan chiqqan taqdirda, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘z hududida bunday qurollarni joylashtirishdan voz kechishi kerak, aks holda bu halokat tahdidini yuzaga keltiradi. Bundestagning mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi a‘zosi Aleksandr Noy shunday fikrda, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Germaniya parlamenti vakilining so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi doirasida Ittifoqning birorta ham a’zo davlati bu raketalarni joylashtirishi kerak emasligi haqida bayonot qilinishi zarur. Agar yevropaliklar, barcha Yevropa davlatlari bu masalada bir bo‘lib harakat qilsa, mazkur raketa tizimlari Yevropa hududida paydo bo‘lmaydi.
Shu bilan birga, u Yevropada va NATOda bu masala bo‘yicha yengil yondashuv bo‘lishini qayd etgan.
Noyning fikricha, agar Yevropada, Germaniyada bu raketalarni qaytadan joylashtirish boshlansa, bu barcha uchun halokat va mag‘lubiyat bo‘lishi mumkin. Aynan shuning uchun Yevropa mamlakatlari Moskva va Vashington o‘rtasidagi kelishmovchilikni hal qilish ustida ishlashi kerak.
Izoh (0)