Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining Istanbuldagi konsulxonada o‘ldirilishi tafsilotlari yaqin orada ma’lum qilinishini bildirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Biz masalaga oydinlik kiritishni istaymiz. Mazkur ish bo‘yicha 23-noyabr, seshanba kuni Adolat va taraqqiyot partiyasining parlament guruhi bilan uchrashuvda bayonot beraman. Hodisa tafsilotlari to‘liq oshkor qilinadi”, — deya ta’kidlagan Turkiya prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Saudiya Arabistoni podshohi va valiahd shahzoda Istanbulda o‘ldirilgan jurnalistning o‘g‘liga hamdardlik bildirgani ma’lum qilingandi.
Izoh (0)