Moskvada Qur’on hofizlarining XIX xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Tanlovda dunyoning 30 dan ortiq davlatidan kelgan qorilar “hifz” yo‘nalishida bellashmoqda.
Shuningdek, tomoshabinlar maxsus taklif etilgan mehmonlar, jumladan, “Afg‘onistonning oltin ovozi” Abdulkabir Haydariy, Makkadagi Masjidi Harom imomi shayx Hasan Buxoriy va taniqli qori shayx Amir al-Muxalxal ijrosida Qur’on oyatlarini tinglashi mumkin.
“Krokus Siti Xoll” konsert zali foyesida mahorat saboqlari va treninglar o‘tkaziladi. Tanlov g‘oliblari Umra ziyorati va Marokash hamda Turkiya safariga yo‘l oladi.
Izoh (0)