Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz va valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmon Istanbuldagi konsullikda o‘ldirilgan jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘g‘liga qo‘ng‘iroq qilib, hamdardlik bildirdi. Bu haqda mamlakatning rasmiy axborot agentligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
“Valiahd shahzoda Saloh Qoshiqchiga qo‘ng‘iroq qilib, unga va oilasiga Jamol Qoshiqchining o‘limi munosabati bilan hamdardlik bildirdi”, — deyiladi agentlik xabarida.
Agentlikka ko‘ra, Saudiya Arabistoni podshohi ham shunday qo‘ng‘iroqni amalga oshirgan.
Saloh Qoshiqchi mazkur hamdardliklar uchun “samimiy minnatdorlik” bildirgani ma’lum qilingan.
Izoh (0)