Qrim rahbari Sergey Aksenov Kerch kollejidagi otishma munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Sevastopol gubernatori Dmitriy Ovsyannikov ham qrimliklarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida shaharda uch kunlik motam e’lon qildi. U marhumlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor etdi va jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.
“Fojia yuz berganida his qilgan og‘rig‘imizni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi. Sevastopol dardingizga sherik bo‘ladi va chuqur ta’ziya izhor etadi”, —deydi Ovsyannikov.
Ma’lumot uchun, Kerch texnologiya texnikumidagi portlash 17-oktabr kunduzi sodir bo‘ldi. Binoda gaz balloni portlagani bildirilmoqda. Hodisa oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 50 kishi yaralandi.
Izoh (0)