• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiya eksport markazi bosh direktori Andrey Slepnev: O‘zbekistonda yaqin yillarda YaIM yiliga 6 foizgacha oshishi kutilmoqda

    18-oktabr kuni O‘zbekistonda Rossiya eksport markazi ishbilarmonlik missiyasi o‘z ishini boshlaydi. Ushbu tadbir ikki davlat o‘rtasidagi ilk hududlararo hamkorlik forumi munosabati bilan o‘tkazilmoqda. Ishbilarmonlik missiyasi ochilishi arafasida Rossiya eksport markazi bosh direktori Andrey Slepnev O‘zA muxbiri savollariga javob berdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    — Bugungi kun talabidan kelib chiqib, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning qaysi yo‘nalishlarini ustuvor, deb hisoblaysiz?

    — O‘zbekiston paxtasi, sarxil mevalari, sharqona shirinliklari va tansiq taomlari mamlakatning o‘ziga xos milliy brendi hisoblanadi. O‘zbekiston iqtisodiyotining boshqa muhim tarmog‘i — tog‘-metallurgiya majmuasiga kelsak, uning mahsuloti dunyo iqtisodiyotida ham muhim o‘rin egallaydi.

    Rossiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda: 2017-yilda uning hajmi 3,65 milliard dollarni, o‘sish sur’ati esa 2018-yilning 8 oyi mobaynida o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 30,3 foizni tashkil qildi. Shu bilan birga, Rossiyadan O‘zbekistonga import hajmi 40 foizga, O‘zbekistondan Rossiyaga eksport 8,6 foizga ortdi. 2018-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga yuqori import sur’atlari mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish ishlari bilan izohlanmoqda: yetkazib berilgan eksport tovarlarining asosiy qismi choksiz po‘lat quvurlar (+444,8 foiz), shuningdek, buldozer, ekskavator va yo‘l-qurilish mashinalari (+264,1 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlardan tashqari Rossiyaning alyuminiy va uning qotishmasidan tayyorlangan buyumlar, elektrotexnika tovarlari, shakar, taxta va yog‘och materiallariga ham yuqori talab saqlanib qolmoqda.

    Xalqaro ekspertlarning fikricha, O‘zbekistonda yaqin yillar ichida yalpi ichki mahsulotning keskin — yiliga 6 foizgacha oshishi kuzatiladi. Rossiya O‘zbekiston iqtisodiyotini mustahkamlashdan manfaatdor: mamlakat qanchalik boy bo‘lsa, uning import qudrati ham ortib boradi, aholining iste’mol darajasi yuqori bo‘ladi, u ko‘proq sayohat qiladi. Ko‘pchilik o‘zbeklar rus tilini yaxshi bilgani, mamlakatlar madaniy meros sohasida mushtarak jihatlarga ega ekanidan kelib chiqib, Rossiya O‘zbekiston fuqarolari uchun asosiy sayyohlik marshrutlaridan biriga aylanishiga ishonchimiz komil.

    — Rossiya eksport markazining Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama savdoni rag‘batlantirishdagi roli qanday?

    — Rossiya eksport markazi (REM) jamoasining vazifasi mamlakatimiz kompaniyalari uchun yaratilayotgan sharoitlarni takomillashtirish, ularning eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash, tashqi bozorga olib chiquvchi yangi kanallar va birinchi navbatda O‘zbekiston singari muhim va istiqbolli bozorlarda xorijiy savdo hamkorlarimiz bilan o‘zaro aloqalarning yangi mexanizmini yaratishga ko‘maklashishdan iborat. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik rivojining ijobiy dinamikasi, Rossiya kompaniyalarining O‘zbekiston bozoriga chiqishga qiziqishi ortishi, Rossiya biznesida mavjud raqobatli va yuqori texnologik yechimlardan kelib chiqib, kompaniyalarimiz O‘zbekistonda loyihalarini amalga oshirishda ishonchli va tajribali hamkorlar sifatida chiqishga, REM esa o‘z navbatida, ularni bu borada barcha yo‘nalishda qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

    — O‘zbekistonda Rossiya eksport markazi vakolatxonasini ochish ko‘zda tutilmoqdami?

    — O‘zbekistonda ochilishi rejalashtirilayotgan REM rasmiy vakolatxonasi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish yo‘lidagi qonuniy qadam bo‘lib, mamlakatlar biznesiga amaliy hamkorlikni mustahkamlash imkonini beradi. Rossiyaning ko‘pgina kompaniyalari istiqbolli va jadal rivojlanayotgan bozorga chiqishni ko‘zlamoqda, Rossiya eksport markazi ham ularga bu borada maksimal darajada ko‘mak ko‘rsatishga bel bog‘lagan. Biz joyida kompaniya mahsulot lineykasi, EKSAR va Roseksimbank mahsulotlari yordamida bitimlarni moliyalashtirish bo‘yicha to‘liq maslahatlar berishga qodir REM vakili ko‘magida Rossiya va O‘zbekiston kompaniyalari uchun samarali muloqot maydoni tashkil etishni rejalashtirmoqdamiz.

    — Toshkent metallurgiya zavodi qurilishini moliyalashtirish bitimi haqida ham so‘zlab bersangiz...

    — Roseksimbank (REM guruhiga kiradi) “Asaka“ ATB va “O‘zsanoatqurilishbank“ ATB bilan 10 yil muddatga umumiy qiymati 140 million yevrodan ortiq bo‘lgan kredit bitimlarini imzoladi. Bu mablag‘lar Toshkent metallurgiya zavodi qurilishiga yo‘naltiriladi. Qurilish bosh pudratchisi Rossiyaning “MetProm” kompaniyalar guruhi hisoblanadi. Toshkent metallurgiya zavodi qurilishi loyihasi doirasida “MetProm” kompaniyalar guruhi tomonidan asosiy ishlab chiqarish liniyalari va infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish, texnologiya va uskunalar yetkazib berish, jamoani o‘qitish, uskunalarga kafolatli xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirilmoqda.

    — O‘zbekiston va Rossiya o‘zaro savdo masalalarida qanday xatarlarga duch kelmoqda?

    — Rossiya va O‘zbekiston savdo aloqalari istiqboli cheksiz. Mamlakatlarimiz ikki tomonlama munosabatlarda duch kelayotgan barcha muammo va xatarlar konstruktiv va do‘stona muloqot yordamida muzokaralar orqali hal qilinadi. Uchinchi davlatlar tomonidan amalga oshiriladigan hech qanday tashqi bosim va nosog‘lom raqobat unsurlari O‘zbekiston va Rossiya munosabatlarini buzishga qodir emas. Rossiya va O‘zbekiston do‘stlik va o‘zaro manfaat tamoyillari asosida savdo hamkorlarini mustaqil ravishda tanlash huquqiga ega suveren davlatlar.

    18.10.2018, 10:56   Izoh (0)   8519
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Amerikalik politsiyachi ayol YouTube’dagi mushuk haqidagi rolik uchun 8 yoshli qizini do‘pposladi

    18.10.2018, 10:13

    Putin Misr prezidentini yangi Aurus avtomobilida aylantirdi

    18.10.2018, 08:15

    Bortida Melaniya Tramp bo‘lgan samolyot parvozdan 10 daqiqa o‘tib shoshilinch qo‘nishga majbur bo‘ldi

    18.10.2018, 08:00

    Kerchdagi portlashda halok bo‘lganlarning oilalariga 1 million rubldan berish va’da qilinmoqda

    18.10.2018, 07:17

    Ispaniya qiroli Madrid metrosiga tushdi

    18.10.2018, 06:51

    Suriyada garovga olingan ayollar IShID jangarilariga almashtiriladi

    18.10.2018, 06:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda 13 yoshli bola 3 yashar ukasini sho‘xligi uchun OLX’da sotuvga qo‘ydi (foto)

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:45

    Toshkentda uyida 1,5 mlrd so‘mlik sintetik giyohvand vositalarni saqlayotgan fuqaro ushlandi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 26-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:01

    Fitch xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston kredit reytingini “BB-” dan “BB” darajasiga oshirdi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 22:45

    Markaziy Afrikada transformator portlashi oqibatida 29 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyun, 22:30

    Shavkat Mirziyoyev Belarusga yetib bordi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 22:22

    Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlanishi oqibatida qariyb yarim mlrd so‘m zarar yetkazildi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 22:10

    Superliga. “Andijon” kambek qilib, “Xorazm”ni mag‘lub etdi

    Sport | 26 iyun, 22:10

    Tramp Netanyaxuga qarshi ishni darhol to‘xtatishni talab qildi

    Dunyo | 26 iyun, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.