Qrimning Kerch shahri texnologiya texnikumidagi portlashda yarador bo‘lganlarni tashish uchun tibbiy yordam mashinalari yetmayapti. Bu haqda “Kerch.FM” portali ma’lum qildi.

Foto: “Kerch.FM”

Transportirovka uchun jamoat transporti jalb etildi, hodisa joyiga harbiy mashinalar va avariya-gaz xizmati yetib keldi.

Guvohlar jabrlanganlar juda ko‘pligi, ularni olib ketayotgan mashinalarning keti uzilmayotganini ta’kidlamoqda.

Foto: “Kerch.FM”

Texnikumdagi portlash 17-oktabr kunduzi sodir bo‘ldi. Binoda gaz balloni portlagani bildirilmoqda. Hodisa oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 50 kishi yaralandi.