AQSh prezidenti Donald Tramp CBS telekanaliga bergan intervyusida iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini bartaraf etish uchun trillion dollarlarni yo‘q qilishni istamasligini aytdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Jurnalist Trampdan iqlim o‘zgarishlariga ishonish-ishonmasligini so‘ragan.
“O‘ylashimcha, nimadir sodir bo‘lyapti, nimadir o‘zgaryapti, keyin esa ortga o‘zgaryapti. Buning uchun odam javobgarmi yoki yo‘qligini bilmayman”, — deb javob bergan Amerika yetakchisi.
Trampning aytishicha, u trillion dollarlarni berishni va millionlab ish o‘rinlarini yo‘qotishni, bunchalik foydasiz holatda qolishni xohlamaydi.
U fan dunyosi tomonidan qilinayotgan iqlim asosan odam faoliyati sababli o‘zgarayotgani va o‘zgarishlar xavfli tus olayotgani haqidagi taxminlariga ishonmaydi. “Olimlarda ham siyosiy kun tartibi bor”, — deb ta’kidlagan Tramp.
Izoh (0)