KXDR yetakchisi AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoga 1950—1953-yillardagi Koreya urushini rasmiy to‘xtatish haqidagi deklaratsiya imzolanguniga qadar yadro obyektlari ro‘yxatini taqdim etishdan bosh tortdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Kim Chen In Pompeoning yadro obyektlari ro‘yxatining hech bo‘lmasa bir qismini oshkor etishi yuzasidan so‘roviga “Shunday ro‘yxatni taqdim etganimda ham AQSh menga ishonmaydi” deb javob bergan.
Shimoliy Koreya yetakchisi Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirishdan avval Pxenyan va Vashington o‘zaro ishonchga asoslangan aloqalarni o‘rnatishi kerakligini qayd etdi.
Izoh (0)