Fransiyaning janubida yuz bergan toshqinda halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Kutilmaganda yuzaga kelgan toshqin Fransiya janubini qoplab olgan. Oqibatda kamida 13 kishi halok bo‘lgan, to‘qqizta o‘lim holati bitta shaharda qayd etilgan. Bundan tashqari tabiiy ofat oqibatida besh kishi jarohatlangan.
Fransiya janubidagi Od daryosi 1891-yildan keyingi eng yuqori darajasiga ko‘tarilgan. Yo‘llarning bir qismi hozircha foydalanishga yaroqsiz. Barcha maktablar, kollejlar va oliy o‘quv yurtlari 15-oktabr kuni ishlamagan, taxminan sakkiz mingta uy elektr energiyasidan uzilib qolgan.
Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, toshqinlarning yuqori darajasi to‘rtta janubiy departamentda saqlanib qolmoqda.
Izoh (0)