• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    9 yil avval poyezddan Qozog‘istonda tushib qolib, izsiz yo‘qolgan o‘zbekistonlik topildi

    O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi 9 yil avval Qozog‘istonda bedarak yo‘qolgan va pirovardida o‘z uyiga qaytarilgan o‘zbekistonlik shaxs haqida ma’lumot berdi.

    Foto: IIV

    Foto: IIV

    2009-yil sentabr oyining boshlarida Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahridan O‘zbekiston Respublikasi tomon yo‘lga chiqqan poyezdda ota-onasi va yaqinlarining diydoriga intiqqancha shoshib kelayotgan 19 yoshli Nazmiddin Saipov ham bor edi. Ammo kutilmagan vaziyatlar uni o‘z manziliga yetib kelishiga to‘sqinlik qildi. Kutilmaganda u Qozog‘iston hududiga yetib kelganda poyezddan qolib ketgan va to‘satdan izsiz g‘oyib bo‘lgan.

    Yillar davomida N.Saipovning ota-onasi va yaqinlari u tushib qolgan poyezd bekatini, uning atroflarini hattoki, Chimkent shahrigacha bo‘lgan hududlardan izlagan. Uni topish uchun bormagan joyi, murojaat qilmagan eshigi qolmadi, ammo uning daragi ha, deganda hech qayerdan chiqmagach N.Saipov rasman bedarak yo‘qolgan shaxs sifatida e’lon qilingan. Ammo 9 yil o‘tib, to‘satdan ijtimoiy tarmoqlarda o‘zi endigina 27 yoshga to‘lgan rasmda esa undan yoshi kattaroq ko‘rinuvchi, ahvoli tang holatdagi N.Saipovning rasmi paydo bo‘ladi. Uni ko‘rgan Samarqand viloyatining Nurota tumanida joylashgan Nurbuloq qishlog‘ining aholisi rasmdagi yigitni ko‘riboq taniydi va quvonchi ichiga sig‘may zudlik bilan uning ota-onasiga xabar bergani boradi. Rasmni ko‘rgan N.Saipovning ota-onasi va yaqinlari zudlik bilan ushbu rasmni kim internet tarmog‘iga joylaganini aniqlashga kirishadi. N.Saipovning ukasi Fazliddin Saipov turli ijtimoiy saytlar orqali Qozog‘istonda bo‘lgan o‘zbek fuqarolariga iltimosnoma yozib, akasini qayerda va kim bilan, qay ahvolda ekanligini aniqlashga harakat qiladi. N.Saipovning otasi esa vujudida ming hayajon va yillar davomida yig‘ilgan sog‘inch bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziriga ariza bilan murojaat qilib, holat haqida ma’lumot beradi va farzandini uyga qaytarishda amaliy yordam berishini so‘raydi.

    O‘z o‘rnida, mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Terrorizm va ekstremizga qarshi kurashish bosh boshqarmasi xodimlari N.Saipovni qidirib topish choralarini ko‘radi. Aniqlanishicha, ushbu rasmni O‘zbekistondan vaqtinchalik ishlash uchun Qozog‘iston Respublikasiga borgan Baxriddin Hamidov telefoniga suratga olib, Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida bo‘lgan ukasi Nuriddin Homidovga yuborib, ushbu rasmdagi yigit o‘zbek fuqarosi ekanligini va ko‘p yillardan buyon Qozog‘istonda yurganligini hamda uning yaqinlarini topishga harakat qilib ko‘rishini aytadi. Akasining gaplaridan so‘ng N.Xomidov uning rasmni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib, N.Saipovning yaqinlarini qidira boshlaydi. N.Saipovning tirikligidan va qayerda ekanligidan yaqinlari shu tariqa xabardor bo‘lgan.

    N.Saipovning otasi Xudoyberdi Niyozov sabri yetmay ukasini olib, o‘g‘li rasmga tushirilgan Jambul viloyatining Taroz shahriga boradilar. Taqdirning o‘yinini qarangki, N.Saipov bundan oldinroq yon atrofidagi insonlarning so‘zlaridan uni qidirayotganidan xabardor bo‘ladi va o‘zi ishlab yurgan joyning egasiga ushbu xabarni aytib, turgan joyidan ketib qoladi. Shundan so‘ng, N.Saipovni topa olmagan otasi va amakisi O‘zbekistonga qaytib kelib, yangi xabarni kuta boshlashadi. Bu vaqtda esa vazirlikning Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi xodimlari qonun doirasida lozim bo‘lgan barcha ishlarni amalga oshirib, uni zudlik bilan Vatanga qaytarish ishlarini olib borayotgan edi. Dastlab, Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga so‘rov xati yuborgan, bundan tashqari N.Saipovni qidirib topish uchun O‘zbekiston Respublikasining Olmota shahridagi bosh konsulxonasi ham Qozog‘istonning Ichki ishlar vazirligiga so‘rov xati bilan murojaat qilgan. O‘z o‘rnida, ikki vazirlik N.Saipovning aniq manzilini topish uchun hamkorlikda bir qator tadbirlar o‘tkazdi.

    Shunday bo‘lsa-da, N.Saipovning ukasi ham qo‘l qovushtirib o‘tirmay, internet saytlari orqali Qozog‘istonda yurgan yurtdoshlaridan yordam so‘raydi.

    Oradan vaqt o‘tib, harakatlar ijobiy samara berib, N.Saipovning aniq manzili topiladi. U Qozog‘iston Respublikasi Jambul viloyatining Taroz shahridagi bozordan topilgan. Buning xabarini eshitgan N.Saipovning otasi va amakisi u ushlab turilgan politsiya mahkamasiga borgan hamda aynan o‘sha yerda yillar davomida sog‘inchga to‘lgan ko‘zlar bir-biri bilan uchrashgan. Beixtiyor ota farzandi bilan uchrashgani haqida oila a’zolariga xabar berish maqsadida Samarqandga qo‘ng‘iroq qilib, N.Saipovni onasi va ukasi bilan telefon orqali gaplashtiradi. Ammo suhbat jarayonida N.Saipov ukasi Fazliddinni taniy olmagan, akasidan nima uchun shu vaqtga qadar o‘zi haqida biron-bir xabar bermagini so‘raganida xech qanday javob qaytarmagan. Keyinroq N.Saipov o‘tgan 9 yil vaqt oralig‘ida boshidan qattiq jarohat olib, sog‘ligi u qadar yaxshi holatda bo‘lmaganigi va ko‘p holatlarni eslay olmasligi ma’lum bo‘ldi.

    N.Saipovning shaxsini tasdiqlovchi hujjati yo‘qolgani sabab O‘zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasining Olmota shahridagi bosh konsulxonasi yordamida “Vatanga qaytish guvohnomasi” rasmiylashtirilib, joriy yilning 4-oktabr kuni N.Saipov yashash manziliga qaytib kelishi ta’minlandi.

    Foto: IIV

    Foto: IIV

    Hozirda N.Saipovga Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi.

    Ta’kidlanishicha, 9 yil ota-onasi, yaqinlaridan yiroqda bo‘lgan N.Saipovni o‘z Vataniga qaytarishda elektron ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqda faol bo‘lgan fuqarolar, Qozog‘iston va O‘zbekiston Respublikalari Ichki ishlar vazirliklarining o‘rni muhim ahamiyat kasb etdi. O‘z o‘rnida, so‘ngan qalblarga birinchi bo‘lib, umid chiroqlarini yoqqan Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida yashovchi aka-uka Baxriddin va Nuriddin Hamidovlarga alohida minnatdorchilik bildirilib, Ichki ishlar vazirligi hamda Farg‘ona viloyati Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyasining raisi – Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i nomidan tashakkurnoma tantanali ravishda topshirildi.

    09.10.2018, 08:24   Izoh (0)   105887
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Parijda Fransiya Senati raisi Jerar Larshe bilan uchrashdi

    09.10.2018, 08:00

    Buxoroda mahalliy gazeta-jurnallar o‘quvchilari soni kamligi ko‘rsatib o‘tildi

    08.10.2018, 23:45

    Namangan shahri markazidagi yarim asrdan beri ta’mirlanmagan ko‘cha. Bu yerdan ham “kattalar” yuradimi? (foto)

    08.10.2018, 23:20

    O‘zbekiston va Fransiya arxeologlari hamkorligi o‘z samarasini bermoqda

    08.10.2018, 22:54

    Prezident akademiyasining Samarqanddagi filialida o‘qish boshlandi

    08.10.2018, 20:00

    Toshkentda Lacetti piyoda qizni bosib ketdi. Qiz komaga tushib qoldi

    08.10.2018, 19:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.