Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda piyoda qizning ustiga bostirib borgan Lacetti ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi aks etgan videoyozuv tarqaldi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB.
22 yoshli Mashhura X. tirik, deyiladi xabarda. Jabrlanuvchi 16-shahar klinik kasalxonasiga yetkazilgan. “Gazeta.uz” yozishicha, qiz komaga tushib qolgan.
Haydovchi — 22 yoshli Otabek A. qo‘lga olingan.
Ayni paytda voqea joyida tergov-tezkor guruhi ish olib bormoqda.
Izoh (0)