• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    MIB “Nuroniy” jamg‘armasi raisi o‘rinbosari “O‘zbekenergo” rahbariyatini tizimni o‘g‘rilardan tozalashga chaqirgani haqidagi xabar yuzasidan ma’lumot berdi

    Oldinroq “Daryo” e’lon qilgan materialda “Nuroniy” jamg‘armasi raisi o‘rinbosari “O‘zbekenergo” rahbariyatiga murojaat etib, tizimni o‘g‘rilardan tozalashga chaqirgani xabar qilingan edi. O‘z chiqishida Sharof Ubaydullayev, jumladan, Toshkentda 1300 ta transformatorni sotib yuborilganini aytgandi. Shu munosabat bilan Majburiy ijro byurosi “transformator ishi” yuzasidan “Daryo”ga bayonot berdi. Quyida bayonot matnini to‘liq keltiramiz.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Joriy yilning 4-oktabr  kuni Internetga “‘Nuroniy’ jamg‘armasi raisi o‘rinbosari ‘O‘zbekenergo’ rahbariyatini tizimni o‘g‘rilardan tozalashga chaqirdi” nomli ma’lumot joylashtirilgan.

    Ma’lumotda, “O‘zbekenergo” AJ raisi o‘rinbosari Ro‘ziqul Raimovga, Toshkent shahrida 1300 ta transformator sotib yuborilganini, sohada korrupsiyani yo‘q qilish kerakligini, sohadagi tartibni o‘rnatishda prokurorlarning o‘rni bo‘lishi lozimligini, Majburiy ijro byurosi faoliyatida bir qator kamchiliklar mavjudligini bidirgan.

    Aniqlanishicha, joriy yilning 3-oktabr kuni “Xalqaro press-klub”ning “Energetika resurslari: islohotlar davrida tejamkorlik va iste’mol madaniyatidagi muammolarning tahlili” mavzuidagi sessiyasi bo‘lib o‘tgan.

    Ushbu sessiyada “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari O.Temirov, “O‘ztransgaz” AJ raisi Sh.Tursunov, “O‘zbekenergo” AJ raisi o‘rinbosari R.Rayimov hamda Majburiy ijro byurosi direktori o‘rinbosari Sh.Aminovlar ishtirok etgan.

    Tadbirda, “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Sh.Ubaydullayev, R.Raimovga yuzlanib, Toshkent shahrida 1300 ta transformatorlar noqonuniy sotilganini, transformatorlarning narxi 10 mingdan 50 ming AQSh dollariga borishini, sohadagi talon-tarojlik tugatilmasa tartib o‘rnatib bo‘lmasligini bildirgan.

    Shundan so‘ng, Sh.Ubaydullayev tadbir ishtirokchisi Sh.Aminovga yuzlanib, quyidagi:

    — Birgina Toshkent shahrida 1300 ta transformator sotib yuborilsa, buni nazorat qiladigan prokurorlar yo‘qmi, sizning ishtirokingiz yo‘qmi?;

    — Siz 500 so‘m-1000 so‘m to‘lay olmagan faxriylar, nogironlarning ortidan quvib yuribsiz, bizda ro‘yxatlari ham bor. Siz nogironlarga boshqacharoq qarang. To‘lov imkoniyatlari juda kulgili. Qayerga to‘lashini bilmaydi, ilgari mayli, elektr yomon, gaz yomon deymiz, uyga kelib olardi (to‘lovlarni). Hozir sizning ho‘-o‘ idoralaringizni qidirib borishi kerak. Lekin pulga, to‘lovga kelsa, elektr o‘chib qolayapti, anavi kamchilik bo‘layapti, desa sizning pogonlilaringiz nima deydi, bilasizmi? “Bizning bunga aloqamiz yo‘q, ta’minot energiyada, biz faqat pul olishni bilamiz, deydi. Buni bitta qo‘lga berish kerak: yo siz rahbarlik qiling, yoki ta’minot bilan birga;

    — O‘rtoq prokuror, sizning Majburiy ijro byuroingizda kamchiliklar shunaqangi ko‘p. Bir-birini so‘yib qo‘ygan rahbarlar sizga qaraydimi? Amal talashib yotibdi. Shuning uchun pulning orqasidan emas, adolatning orqasidan quving, — degan fikrlarni bildirgan.

    Majburiy ijro byurosi Sh.Ubaydullayev tomonidan keltirilgan ushbu fikrlarini noxolis, obyektiv yondashilmagan va asossiz deb hisoblaydi.

    Izoh : Aynan, ta’minotchi korxonalar tomonidan idoraviy nazorat lozim darajada o‘rnatilmaganligi va iste’molchilarning shartnoma majburiyatlariga rioya etishi ta’minlanmaganligi, sohada korrupsiya va talon-tarojliklarga yo‘l qo‘yilganligi kabi to‘planib qolgan o‘tkir muammolarni bartaraf etish maqsadida,  Davlat rahbarining 29.05.2017-yildagi PF-5059-sonli Farmoni bilan Majburiy ijro byurosi tashkil etilgan.

    Majburiy ijro byurosi faoliyatini boshlagan (2017-yil iyul,) davridan buyon, “O‘zbekenergo” AJ tizimidagi mansabdor va boshqa shaxslar tomonidan Toshkent shahri yoki boshqa hududlarda elektr transformator uskunalarining noqonuniy sotilishi va talon-taroj qilinishi bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushmagan va jinoyat ishlari qo‘zg‘atilmagan.

    Sh.Aminov, nutqida foydalanilgan energiya resurslar uchun mablag‘ to‘lay olmagan faxriylar va nogironlar emas, balki to‘lov qobiliyatiga ega bo‘la turib, to‘lamayotgan iste’molchilar bugungi kunda ko‘pchilikni tashkil etishiga to‘xtalib o‘tgan.

    Shuningdek, 29.05.2017-yildagi PF-5059-sonli Farmonga muvofiq, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlaridagi nosozliklarni bartaraf etish Byuro organlarining vazifasiga kirmaydi.

    Byuro davlat inspektorlari energiya resurslari va suv ta’minoti bo‘yicha to‘lovlar (naqd va naqdsiz)ni qabul qilishda iste’molchilarga qulaylik tug‘dirish maqsadida, to‘lov terminali va termoprinterlar bilan to‘liq ta’minlangan, Byuroning hududiy (tuman, shahar) bo‘limlarida bank maxsus kassalari tashkil etilgan.

    Bundan tashqari, Byuroning Yakkabog‘ tuman bo‘limi sobiq boshlig‘i B.Jo‘rayev (marhum) xodimlarga nisbatan qat’iyatlik bilan yondashib kelgani va Byuro organlari safini nopok xodimlardan tozalagani uchun vaziyat qurboniga aylangan.

    Xususan, bo‘limning sobiq  xodimi  I.Shavkatov bir necha bor intizomiy javobgarlikka tortilgan va u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishida, bo‘lim boshlig‘i B.Jo‘rayevni aybdor deb hisoblab, uning xizmat xonasida o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan og‘ir tan jarohati yetkazgan.

    Olingan tan jarohati sababli, B.Jo‘rayev joriy yilning 2-avgust kuni Toshkent shahridagi Respublika shoshilinch tez tibbiy ilmiy yordam markazida vafot etgan.

    I.Shavkatovga nisbatan 03.05.2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 25, 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va sudning 03.10.2018-yildagi hukmi bilan JKning 97-moddasi2-qismi “g” bandi bilan 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    Davlat rahbarining joriy yil 28-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yetti yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan, Bahrom Jo‘rayev (marhum) “Jasorat” medali bilan taqdirlandi.

    Byuroning faoliyatiga oid barcha masalalar bo‘yicha qisqa “1107” ishonch telefon raqamlari tun-u kun ishlab kelmoqda, Sh.Ubaydullayev yoki boshqa shaxslar tomonidan yuqoridagi masalalarda murojaat kelib tushmagani ma’lum bo‘ldi.

    05.10.2018, 20:05   Izoh (0)   22203
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nima sababdan energiya resurslari qimmatlashmoqda?

    05.10.2018, 18:46

    Elbrusda bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqada O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi

    05.10.2018, 18:33

    Toshkent va Qozon o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

    05.10.2018, 18:10

    Parijda “Madaniy meros – O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi muloqot ko‘prigi” media-iventi bo‘lib o‘tdi

    05.10.2018, 17:55

    O‘zbekiston va Ozarbayjon IIV o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bayonoti imzolandi

    05.10.2018, 17:40

    Milliy kutubxonada “O’tkan kunlar”ni ingliz tiliga tarjima qilgan olim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    05.10.2018, 17:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroqlar qisman cheklovga uchradi

    Dunyo | 14 avgust, 00:05

    O‘zbekistonga mol go‘shti importi ikki baravar oshirildi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 23:50

    Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun joy izlanmoqda — CBS

    Dunyo | 13 avgust, 23:40

    Suriya va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

    Dunyo | 13 avgust, 23:30

    O‘zbekistonga elektromobil importi rekord darajada ortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 23:15

    YKL saralashi. “Bashakshehir” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Viking”ni mag‘lub etdi. Shomurodovdan assist

    Sport | 13 avgust, 23:09

    Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot bitkoin joylashgan mamlakatga aylandi

    Dunyo | 13 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.